O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilari Anqara shahrida Turkiya Respublikasi IIV Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi tomonidan terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar-treningda ishtirok etdilar.
Dunyoning 15 dan ortiq davlati vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda ishtirokchilar bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar hamda tajriba almashish orqali terrorizmni moliyalashtirishda kripto-aktivlardan foydalanish va unga qarshi kurashish masalalari, kibermakonda terrorizmni moliyalashtirish jinoyatlarni sodir etilishi va ushbu jinoyatlarni tergov qilish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi xalqaro qonunchilik asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari bilan atroflicha tanishdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar hamda tavsiyalar bayon etildi.