ANONS: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida

ANONS: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida


2024 yil 21-22 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining ikki yilligi munosabati bilan “Huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida global chaqiriqlar va tahdidlar: zamonaviy strategiya va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda fan va ta’lim sohasidagi 50 dan ortiq xorijiy ekspertlar, shuningdek ko‘p sonli milliy ekspertlar, yetakchi olimlar va huquqni muhofaza qilish sohasi amaliyotchi xodimlari, tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiya dasturidan “Huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida global chaqiriqlar va tahdidlar: zamonaviy strategiya va yechimlar” mavzusida yalpi majlis, shuningdek “Korrupsiya, jinoiy mablag‘larni qonuniylashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash: yangi chaqiriq va tendensiyalar”, “Tergov faoliyatini tashkil qilishda yangi yondashuvlar: raqamli kriminalistikaning ahamiyati”, “Huquqni muhofaza qilish sohasida fan va ta’lim, sun’iy intellektni qo‘llashning dolzarb masalalari”, “Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokuror nazorati samaradorligini oshirish masalalari” mavzularida parallel sessiyalar o‘rin olgan.

Shuningdek, tadbir doirasida “BMT Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: ikkinchi sikl tahlili” mavzusida BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi bo‘yicha davlatlar ishtirokchilari modeli o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar (havola).