Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida 2024 yil 25 noyabr kuni Akademiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti “Axborot ta’lim texnologiyasi” kafedrasi professori, p.f.d. Sh.X.Pozilova ishtirokida “Raqamli ta’lim muhitida ilmiy-innovatsion kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda ta’limda innovatsiya tushunchasi, ilmiy-innovatsion kompetensiya zarurati va ahamiyati, ta’limdagi mashhur 7 ta tendensiyalar mazmun-mohiyati, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ProQuest, ScienseDirect, Researsh Gate kabi xalqaro ilmiy bazalar va platformalardan foydalanish imkoniyatlari, ilmiy materiallarning analitik va vizual tahlili, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning ahamiyati haqida batafsil ma’ruza qilindi. Trening davomida qatnashchilarning faol ishtirokida platformalardan foydalangan holda o‘z ilmiy maqolalar bazasini yaratish bo‘yicha amaliy mashq bajarildi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.