Akademiya huquqiy nashrlarini SCOPUS talablari asosida tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi vazifasiga tanlov e’lon qilinadi(shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya huquqiy nashrlarini SCOPUS talablari asosida tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi vazifasiga tanlov e’lon qilinadi(shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.11.2022-yildagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-257-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qatorida jumladan:

prokuratura organlari xodimlarida bilim va ko‘nikmalarni, shu jumladan, tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, qonuniylikni ta’minlash yuzasidan adolat va mas’uliyat kabi yuksak tuyg‘ularni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishning yaxlit tizimini tashkil etish;

yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, huquqni muhofaza qilish faoliyatining eng dolzarb masalalari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni tizimli asosda, shu jumladan, milliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda amalga oshirish;

sud-huquq sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik tajriba almashish borasida uzluksiz xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, o‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlar yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb qilish kabi vazifalar belgilangan.

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Akademiya nashrlarini SCOPUS bazasi talablari asosida tashkil etish yuzasidan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

Axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

Akademiya rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha Akademiya nashrlarini SCOPUS bazasi talablari asosida tashkil etish bo‘yicha shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar-rejasiga muvofiq, quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish;

-loyiha oldi tadqiqotlar o‘tkazish, tizimga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqish, unga muvofiq texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, sayt platformasini ishlab chiqish, AVR-1 texnik hujjatlarini tasdiqlatish;

-sayt to‘liq tuzilishini tahrirlash, sozlash va o‘rnatish: sayt dizayn prototipini yaratish va uni tasdiqlatish, tasdiqlangan dizaynni ishlab chiqish jarayonini boshlash, OJS platformasini va undagi sozlamalarni o‘rnatish, dastlab test shaklda keyin yakuniy shaklda ishlashini ta’minlash, OJS platformasini to‘liq o‘rnati va foydalanuvchilarni qo‘shish, saytdan foydalanish tillarini sozlash;

-OJS platformasini tegishli bazalar (antiplagiat, DOI, ISSN, ORCID) bilan integratsiya qilish, taqdim qilingan ma’lumotlarni platformaga joylashtirish; 

-saytni saytda mavjud barcha tillardagi kontentlar bilan to‘ldirish, statik va dinamik ma’lumotlarni joylash, sayt xostingini mijoz xostinginga o‘tkazish a tekshirish, saytni boshqarish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani topshirish;

- OJS platformasi yaratilib, yakuniga yetganidan keyin Akademiya mas’ul xodimiga platforma bo‘yicha seminar o‘tkazish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Axborot texnologiyalari sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;

O‘zbek, ingliz, rus tillarini yaxshi bilish.

Bajariladigan ish muddati:

Mazkur ish muddati 3 (uch) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 15.01.2025-yilga qadar.

tel: 71202-04-96 (1752)