Birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi

Birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilingan xodimlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.

Kasbiy qayta tayyorlash kursi prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lib, masofaviy (elektron) va Akademiyada an’anaviy ta’limdan iborat aralash ta’lim shaklida tashkil etildi.

Kasbiy qayta tayyorlash kursi dasturida prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilishning dolzarb masalalariga oid kasbiy ko‘nikmalar bilan bir qatorda umumiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi.

Kurs tinglovchilari qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati, jinoyat huquqi va protsessining dolzarb muammolari, sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash, prokuratura organlarida ishlarni tashkillashtirish, murojaatlar bilan ishlash va ish yuritish, inson huquqlariga oid xalqaro standartlar, kasb etikasi, nutq madaniyati, xodimning psixologik kompetentligi va boshqa modullar doirasida mavzularni o‘zlashtirdilar.

Kasbiy qayta tayyorlash kursining yakuniy qismi bevosita Akademiyada an’anaviy shaklda olib borildi, unda ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi, yakuniy sinovdan o‘tgan tinglovchilarga kasbiy qayta tayyorlash diplomlari topshirildi.