O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturiga asosan “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi o‘quv kursi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazib kelinmoqda.
O‘quv kursini o‘tkazishda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Malaka oshirish instituti, Oliy sud vakillari, sudyalar, hududiy prokuraturalar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etmoqda.
Mazkur o‘quv kursining navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, M.Mamasiddiqov “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok qildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.