ANONS: Akademiyada “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi

ANONS: Akademiyada “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini e’lon qilingan.

Tanlovning asosiy maqsadi – Mahmudxo‘ja Behbudiyning faoliyatini chuqur o‘rganish, uning ma’naviy merosi va milliy ta’lim tizimida tutgan o‘rnini anglashdan iborat. Tanlov yoshlarda yuksak ma’naviy va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 28-mart kuni tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi (B blok, 103-xona). Tanlovda Akademiyaning barcha talaba va tinglovchilari qatnashish huquqiga ega. Ishtirokchi o‘z ijodiy ishida Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosini, uning mustaqillik va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlarini yoritib berishi kerak. Insholar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi va g‘olib bo‘lgan 1 nafar ishtirokchiga keyingi bosqich (hududiy saralash bosqichi) uchun yollanma beriladi.

Tanlovning yakuniy respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plab g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning diplomi hamda Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘yidagi tartibda:

1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;

2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;

3-o‘rin – 4 000 000 so‘m miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashish uchun Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilib, ro‘yxatdan o‘tish kerak.