Akademiya tomonidan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan hamkorlikda bankning yosh xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida o‘quv seminari seminar tashkil etildi.
Aralash tarzda o‘tkazilgan seminarda bankning markaziy mahkamasi va barcha hududiy tuzilmalarining ishga yangi qabul qilingan ming nafardan ortiq yosh xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-martidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati, Davlat Rahbari tomonidan korrupsiyaga qarish kurashish sohasida belgilab berilgan muhim vazifa va maqsadlar, shuningdek mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘quv seminari Milliy bank tizimiga ishga kirgan yosh xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xabardorligini oshirishga, ularda korrupsiya illatiga nisbatan immunitetini shakllantirishga xizmat qiladi.