Jinoiy odil sudlovni amalga oshirish jarayonidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish loyihasi bo‘yicha ekspertlik uchrashuv o‘tkazildi

Jinoiy odil sudlovni amalga oshirish jarayonidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish loyihasi bo‘yicha ekspertlik uchrashuv o‘tkazildi


Akademiyada Yevropa Ittifoqi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida amalga oshirilayotgan jinoiy odil sudlovni ta’minlash jarayonida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan loyiha doirasida ekspertlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Akademiya rahbariyati loyihani amalga oshirayotgan “Revanta B.V.” konsalting kompaniyasining jinoyat huquqi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro darajadagi ekspertlari Dmitro Kotlyar, Vitaliy Kasko, Dmitriy Nurumov va Saule Oripova bilan jinoiy odil sudlovni amalga oshirish, xususan tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish, ayblov quvvatlash jarayonlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, suiiste’molchiliklar masalasida fikr almashildi.

Ekspertlik muhokamalari davomida qayd etilgan sohalarni korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida loyihani samarali o‘tkazish, xavf-xatarlarni baholash uslubiyotini va uning asosida mas’ul xodimlar uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.