Korrupsiyaga qarshi kurashishda gender jihatlarni joriy etish mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashishda gender jihatlarni joriy etish mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ko‘magida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishga gender yondashuvlarini joriy etish” mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi – mutaxassislarda korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda gender yondashuvini qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish, korrupsiya xavflarini tahlil qilishda gender xususiyatlarini inobatga olish, Virtual akademiya platformasini yangi o‘quv materiallari bilan boyitishdan iborat.

Seminar-treningda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda ilmiy-ta’lim muassasalarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Tadbir YEXHT Kotibiyati ekspertlari tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi faoliyatda gender jihatlarini inobatga olish bo‘yicha xalqaro va ilg‘or tajriba, xususan ishga joylashishdagi kamsitish, ta’lim va tibbiyot, ijtimoiy yordam olishda huquqlarning cheklangani kabi dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur seminar-trening natijalari bo‘yicha Virtual akademiya elektron platformasi orqali barcha davlat organlari xodimlari va boshqa kontingent uchun “Gender va korrupsiya” mavzusidagi masofaviy o‘quv kursi ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.