O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida:
ta’lim oluvchilarda inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya qilish madaniyati bilan uyg‘unlashgan yuksak ma’naviy, psixologik, tahliliy va kasbiy sifatlarni rivojlantirishning samarali tizimini joriy etgan holda jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash;
maxsus kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan dasturlar asosida tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
korrupsiyaga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohalarida maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini samarali belgilash asosida jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish metodlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
prokuratura organlari xodimlarida bilim va ko‘nikmalarni, shu jumladan, tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, qonuniylikni ta’minlash yuzasidan adolat va mas’uliyat kabi yuksak tuyg‘ularni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishning yaxlit tizimini tashkil etish va boshqalar belgilangan.
Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga kiberxavfsizlik (ta’lim sohasida tajribaga ega bo‘lgan) sohasidagi mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish zarurati yuzaga keldi. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, nomzod bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma tuziladi.
Mutaxassisning majburiyatlari:
– Akademiya rahbariyatining topshirig‘iga asosan Akademiyada kiberxavfsizlik sohasiga oid loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar rejasiga muvofiq Akademiya xodimlari va ta’lim oluvchilarda kiberxavfsizlik sohasida ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish:
– Akademiyada kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash;
– o‘quv rejaga muvofiq Akademiyada “Kiberxavfsizlik asoslari” moduli bo‘yicha fond ma’ruzalarini ishlab chiqish;
– Akademiyada “Kiberxavfsizlik asoslari” fani bo‘yicha test materiallari va taqdimotlarni tayyorlash;
– “Kiberxavfsizlik asoslari” moduli bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Kiberxavfsizlik sohasida malakani tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat);
Kiberxavfsizlik sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;
O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.
Mazkur ish 2 (ikki) oy muddatga belgilangan bo‘lib, keyinchalik zaruratga ko‘ra, fuqarolik mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bo‘lib ishlash qobiliyati, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,
Ish vaqti: haftasiga 5 kunlik ish rejimida 40 soatni tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, JSHIR ma’lumotnomasi)ni taqdim etishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgach, zaruratga ko‘ra, nomzod bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 2025-yil 25-iyunga qadar.
tel: 71 202-04-96 (1962)