Akademiya UI/UX dizayner vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya UI/UX dizayner vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Akademiyada raqamli ta’lim tizimlarini joriy etish va ularni rivojlantirish doirasida yuqori malakali UI/UX dizaynerni vaqtinchalik asosda jalb etish zarurati mavjud.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

UI/UX dizayner quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

  • Ta’lim platformalari va axborot tizimlari uchun foydalanuvchiga qulay veb va mobil interfeyslarini loyihalash va modernizatsiya qilish;
  • Figma, Adobe XD kabi instrumentlar yordamida UI maketlarini yaratish va prototiplash;
  • Front-end dasturchilar bilan hamkorlikda dizaynlarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • Foydalanuvchi tajribasini tahlil qilish, yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va takliflar berish;
  • Tizimlar uchun dizayn gaydlayn, UI komponentlar kitobxonasini yaratish va yuritish;
  • Respondentlar bilan fokus guruhlar va test sessiyalar o‘tkazishda ishtirok etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • UI/UX sohasida oliy ma’lumot yoki tegishli kurs/sertifikatlar;
  • Figma, Adobe XD, Photoshop, Illustrator kabi instrumentlar bilan ishlash tajribasi;
  • Veb va mobil ilovalar interfeysi bo‘yicha 2-yillik tajriba (responsive design, accessibility, usability);
  • HTML, CSS, JavaScript asoslari haqida tushuncha (afzallik sifatida baholanadi);
  • UX tadqiqotlari, wireframing, prototyping, user flow va usability testing jarayonlaridan xabardorlik;
  • Git orqali jamoaviy ishlash tajribasi — afzallik.

Qo‘shimcha shartlar:

  • Ish muddati – 6 (olti) oy. Kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqarolik mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin.
  • Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.
  • Ish vaqti – haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish rejim).
  • Ish joyi – Akademiya binosida jismoniy hozirlikda yoki shartnomada ko‘rsatilgan holda gibrid shaklda.

Shaxsiy sifatlar:

  • Tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash;
  • Mustaqil fikr yuritish va ijodkorlik;
  • Ma’suliyat va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va aniq bajarish qobiliyati.

Hujjatlar ro‘yxati:

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
  • Obyektivka (rezyume);
  • Oliy ma’lumot diplomi va ilovasi (yoki sertifikatlar);
  • Mehnat daftarchasi nusxasi (bor bo‘lsa);
  • STIR ma’lumotnomasi.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2025-yil 15-iyulga qadar.

Manzil: Yunusobod tumani, Rixsili, 9.

Telefon: 71 202-04-96 (1761)