Hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlashda tizimli yondashuv

Hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlashda tizimli yondashuv


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3  yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1-son qarori hamda 2025-yil 18 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PQ–253-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan joylarda tizimli ravishda ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Akademiya professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatining “Bog‘ishamol”, “Kattabog‘”, “Bog‘i nav” va “Katta hayot” mahallalarida keng qamrovli o‘rganishlar o‘tkazildi.

Tahlillar jarayonida mahallalarda jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar, uning oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarining samaradorligi, shuningdek aholi duch kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, har bir hududning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular asosida joriy oy uchun manzilli “yo‘l xaritalari” tayyorlandi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi joylarda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, aholi uchun xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy faoliyatni kelgusida ham izchil davom ettiradi.