Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida “Tech Against Terrorism” tashkiloti mutaxassislari R. Donavan, E. Xazbend va
X. Brennon tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar ishlar vazirligi va Akademiya xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir maqsadi ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmga oid kontentga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida,“Tech Against Terrorism” Buyuk Britaniyada joylashgan onlayn terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Seminar-trening doirasida ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmga oid kontentga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish hamda ushbu sohasidagi zamonaviy usullar va amaliyotlar bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida tashkilot tomonidan 300 dan ortiq texnologik platformalarni o‘zida jamlagan “Trusted Flagger Platform” platformasi orqali hamkorlar so‘roviga ko‘ra internetda terroristik kontentni o‘chirish imkoniyatlari namoyish etildi.
Tadbir huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmga oid kontentga qarshi kurashish bo‘yicha salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.