O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish-akademiyasi-ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy etish va ta’lim sifatini nazorat qilishning raqamli tizimini takomillashtirish maqsadida metodik kuzatuvchi (konsultant) lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Mutaxassis dars jarayonini tahlil qiladi, o‘qituvchilar faoliyatini baholaydi, metodik mahoratni rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda ta’lim sifatini nazorat qilishning ichki raqamli tizimida ishtirok etadi.
Metodik kuzatuvchi (konsultant)ning asosiy vazifalari:
Ingliz tili va boshqa fanlar bo‘yicha darslarda ishtirok etish va kuzatish;
Dars tuzilishi, o‘qitish usullari, o‘qituvchi va tinglovchilar o‘rtasidagi hamkorlik hamda o‘quvchilar faolligini tahlil qilish;
Darslarning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini baholash;
CELTA, TESOL va boshqa xalqaro metodik mezonlar asosida tavsiya va hisobotlar tayyorlash;
Professor-o‘qituvchi tarkibiga metodik yordam ko‘rsatish;
Kuzatuv natijalarini tizimlashtirish va tahliliy ma’lumotlar bazasini yuritish;
Ta’lim sifatini nazorat qilishning raqamli tizimini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Akademiya xodimlari uchun ichki treninglar va seminarlar tashkil etish;
Zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan maslahat berish;
O‘quv dasturlari va metodik materiallarni takomillashtirish;
Akademiyaning ichki ta’lim sifatini baholash tizimida (IQAS) ishtirok etish;
Akademiya rasmiy veb-sayti uchun metodik faoliyat bo‘yicha materiallar tayyorlash;
Akademiya rahbariyati topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli bajarish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy ma’lumot (pedagogika, filologiya yoki metodika yo‘nalishi bo‘yicha);
Kamida 2-yillik o‘qituvchilik yoki metodik faoliyat tajribasi;
CELTA, TESOL yoki shunga o‘xshash xalqaro sertifikatlar mavjud bo‘lishi afzal;
O‘zbek va ingliz tillarini yaxshi bilish, rus tilini bilish afzal hisoblanadi;
Mas’uliyat, tashabbuskorlik va jamoada ishlay olish ko‘nikmalari.
Ish sharoitlari:
Muddat – 1 (bir) oy, zaruratga ko‘ra shartnoma uzaytirilishi mumkin;
Ish haqi miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va bajarilgan ish natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi;
Haftasiga 5 kunlik ish rejimi, 8 soatlik ish kuni.
Hujjatlar taqdim etish tartibi:
Nomzodlar hujjatlarni shaxsan Akademiyaning Kadrlar bo‘limiga taqdim etadi:
pasport yoki ID-karta nusxasi;
rezyume (obyektivka);
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va ilovasi nusxasi;
mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
STIR (INN) ma’lumotnomasi.
Taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng, zaruratga ko‘ra nomzod bilan Akademiya komissiyasi suhbat o‘tkazadi.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 20-noyabrgacha.
Tel.: 71 202 04 96 (1767)