O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Akademiyada raqamli ta’lim tizimlarini joriy etish va ularni rivojlantirish doirasida yuqori malakali UI/UX dizayneri mutaxassisligi bo‘yicha vaqtinchalik asosda mutaxassis jalb etish zarurati mavjud.
Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
· Ta’lim platformalari va axborot tizimlari uchun foydalanuvchiga qulay veb va mobil interfeyslarni loyihalash va modernizatsiya qilish;
· “Figma”, “Adobe XD” kabi vositalar yordamida “UI” maketlarini yaratish va prototiplash;
· “Front-end” dasturchilar bilan hamkorlikda dizaynlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
· Foydalanuvchi tajribasini tahlil qilish, yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va takliflar berish;
· Tizimlar uchun “dizayn gaydlayn”, “UI komponentlar kutubxonasi”ni yaratish va yuritish;
· Respondentlar bilan “fokus guruh”lar va “test sessiya”lar o‘tkazishda ishtirok etish.
· Bajariladigan ish hajmidan kelib chiqib, mutaxassisga boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
· “UI/UX” sohasida oliy ma’lumot yoki tegishli kurs/sertifikatga ega bo‘lish;
· “Figma”, “Adobe XD”, “Photoshop”, “Illustrator” kabi vositalar bilan ishlash tajribasi (kamida 3-yillik);
· Veb va mobil ilovalar interfeysi bo‘yicha (responsive design, accessibility, usability) kamida 2-yillik ish tajribasi;
· “HTML”, “CSS”, “JavaScript” asoslari haqida tushunchaga, shuningdek, “Git” orqali jamoaviy ishlash tajribasi ega nomzodlarga tanlov jarayonida afzallik beriladi;
· “UX” tadqiqotlari, “wireframing”, “prototyping”, “user flow” va “usability testing” jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlik.
Ish shartlari:
· Bajariladigan ish muddati – 6 (olti) oy. Kelgusida, zarurat tug‘ilsa, nomzod mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin.
· Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
· Ish vaqti – haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish tartibi).
· Ish joyi – Akademiya binosida shaxsan bo‘lish yoki shartnomada ko‘rsatilgan holda gibrid shaklda ishlash.
· Nomzodlar quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari lozim:
· Tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash qobiliyati;
· Mustaqil fikrlash va ijodkorlik;
· Mas’uliyat va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va aniq bajarish.
· Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
· Nomzodning shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta);
· Ish va o‘qish faoliyati haqida ma’lumotnoma (obyektivka yoki rezyume;
· Oliy ma’lumot haqida diplom va ilovasi (sertifikatlar bo‘lsa, ular ham taqdim qilinadi);
· Mehnat daftarchasidan ko‘chirma (bor bo‘lsa, mygov.uz sayti orqali);
· STIR ma’lumotnomasi.
Hujjatlarni topshirish muddati – 2026-yil 5-yanvar. Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9. Akademiya AKT va AXT bo‘limi Telefon: 71 202-04-96 (1761)