Akademiya Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Akademiyada raqamli ta’lim platformalarini yaratish, mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirish jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq (TZ) ishlab chiqish bo‘yicha yuqori malakali tahlilchi muhandisni vaqtinchalik asosda jalb etish zarurati mavjud.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:

Axborot tizimlari, veb-portallar, mobil ilovalar va ta’lim platformalari uchun texnik topshiriq (TT)lar ishlab chiqish;

Biznes-jarayonlarni tahlil qilish, talablarni to‘plash, funksional va notafunksional talablarni aniq shakllantirish;

Steykxolderlar, bo‘limlar va ekspertlar bilan muhokama o‘tkazish, talablarni muvofiqlashtirish;

Tizim arxitekturasi, ma’lumotlar oqimi (DFD), UML diagrammalar, integratsiya chizmalarini tayyorlash;

API, modullar va mikroservislar uchun texnik talablarni ishlab chiqish;

Tizimlar o‘rtasida integratsiya (SSO, API Gateway, external services) yechimlarini muayyanlashtirish;

TT asosida loyiha ishlab chiquvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va texnik nazoratda ishtirok etish;

Test ssenariylari (test case), qabul qilish mezonlari (acceptance criteria) va ish jarayoni logikasini shakllantirish;

Tizimni joriy etish jarayonida texnik yordam va metodik ko‘maklashish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Axborot texnologiyalari, dasturiy muhandislik, biznes-talablar tahlili va shu kabi yo‘nalishda oliy ma’lumotga ega bo‘lishlik;

Texnik topshiriq, funksional talablar, texnik hujjatlar tayyorlash sohasida  kamida 3-yillik ish tajribasi;

UML, BPMN, DFD, ERD kabi modellashtirish vositalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

Axborot tizimlari arxitekturasi, integratsiya jarayonlari va API tuzilishi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;

Front-end va Back-end ishlash prinsiplari haqida umumiy texnik bilimlarga egalik;

SQL asoslari, ma’lumotlar bazasi tuzilishi, logik chizmalarni tushunish;

“Jira”, “Confluence”, “Notion”, “Figma”, “Draw.io” kabi vositalarni qo‘llay olish ko‘nikmalari;

Texnik tahlil, muammolarni aniqlash va yechim taklif qilish bo‘yicha kuchli kompetensiya.

Ish shartlari:

Ish muddati – 6 (olti) oy. Kelgusida zaruratga ko‘ra, nomzod mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.

Ish vaqti – haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish tartibi).

Ish joyi – Akademiya binosida shaxsan yoki shartnomada ko‘rsatilgan holda gibrid shaklda ishlash.

Nomzodlar quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim:

Tahliliy fikrlash va mantiqiy yondashuv;

Jamoa bilan samarali muloqot qilish qobiliyati;

Mas’uliyat, qatyatlik va vazifalarni belgilangan muddatlarda bajarish;

Tashabbuskorlik va muammolarga yechim topishga intilish.

Hujjatlar ro‘yxati:

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);

Obyektivka (rezume);

Oliy ma’lumot diplomi va ilovasi (yoki sertifikatlar);

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma (mygov.uz saytidan olinadi);

STIR ma’lumotnomasi.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2026-yil 5-yanvar.

Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9. Akademiya AKT va AXT bo‘limi

Telefon: 71 202-04-96 (1761)