Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Yuridik klinikada fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish uchun mutaxassisni jalb etish maqsadida tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Yuridik klinikada fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish uchun mutaxassisni jalb etish maqsadida tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Yuridik klinikasida talaba va tinglovchilar tomonidan malakali mutaxassislar murabbiyligi ostida aholiga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga Yuridik klinikada fuqarolarga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassis jalb qilish ehtiyoji mavjud.

Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:

        Yuridik klinikada ishlarni tashkillashtirish, talaba va tinglovchilar o‘rtasida mehnat va ijro ntizomiga rioya etilishini ta’minlash;

        Yuridik klinika a’zolariga vazifalarni taqsimlash va ular ijrosini nazorat qilish;

        Yuridik klinika oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish choralarini ko‘rish va faoliyatni o‘quv-uslubiy ta’minlashda faol ishtirok etish;

        Yuridik klinikada fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatishni o‘kuv-uslubiy ta’minlash;

        Yuridik klinikaga jalb qilingan talaba va tinglovchilar ishtirokida seminar-treninglar mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

Yuridik klinikaga jalb qilingan talaba va tinglovchilar uchun sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazilishini tashkil etish;

 

Akademiya mas’ul xodimi nazorati ostida Yuridik klinika elektron portali orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning professor-o‘qituvchilar kesimida taqsimlanishini tashkil etish;

Fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish sohasida aniqlangan muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Yuridik klinika faoliyati samaradorligini yanada oshirish va Yuridik klinika a’zolarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rish uchun takliflar kiritish;

Yuridik klinik ta’lim sohasida milliy va xalqaro grant va loyihalar ishlab chiqish va ularda ishtirok etish bo‘yicha milliy va xalqaro ilmiy-ta’lim muaasasalari bilan hamkorlikni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Nomzod oliy (yoki tugallanmagan oliy) yoki o‘rta (yoki o‘rta maxsus) ma’lumotga ega bo‘lishi.

18 yoshdan kichik, 55 yoshdan katta bo‘lmasligi.

O‘z faoliyati sohasida zamonaviy texnikalar va dasturlarda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Prokuratura organlarida mutaxassis sifatida jalb qilingan xodim sifatida namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lish.

Muqaddam shu sohada ishlaganlik va amaliy tajribaga ega bo‘lishi nomzod uchun afzallik beradi.

Bajariladigan ish muddati: mazkur ish muddati 6 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: mas’uliyat va professionalizm, tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Ish vaqti: haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish haftasi).

Talabgor Akademiya Yuridik bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida hujjat (uning ilovasi), mehnat daftarchasi nusxasi, STIR, PINFL ma’lumotnomasi) ni taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2026 yil 28-fevral (shu kuni ham).

Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: eski Zenit zavodi).

Dushanba-juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha

Murojaat uchun tel.: 71-202-04-96 (1722)