Akademiya huzuridagi tayyorlov kurslari uchun kurs boshqaruvchisi (menedjer) vazifasiga tanlov e’lon qilinadi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya huzuridagi tayyorlov kurslari uchun kurs boshqaruvchisi (menedjer) vazifasiga tanlov e’lon qilinadi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi abituriyentlar va huquqni muhofaza qilish organlarida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. Ayni paytda ushbu kurslarning o‘quv jarayonini samarali boshqarish, tinglovchilar sonini ko‘paytirish va umumiy faoliyatni strategik rivojlantirish maqsadida tajribali mutaxassisni jalb etish zarurati mavjud.

Tanlov talablariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, ma’qullangan taqdirda, nomzod bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

tayyorlov kurslarining o‘quv jarayonini bevosita boshqarish va dars sifatini nazorat qilish (monitoring);

kurslarning marketingini yuritish, ularni ommalashtirish va strategik rivojlantirish choralarini ko‘rish;

o‘quv dasturlari va metodikalarini ishlab chiqishni tashkillashtirish hamda doimiy takomillashtirib borish;

Akademiya rahbariyatiga kurslar natijadorligi bo‘yicha tahliliy ma’lumot va hisobotlarni muntazam taqdim etish;

Akademiyaning buxgalteriya va reja-moliya bo‘limiga belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish;

o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan texnik va xo‘jalik ta’minoti masalalarini muvofiqlashtirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ta’limni boshqarish, menejment yoki yurisprudensiya yo‘nalishlari ma’qullanadi);

ta’lim sohasida yoki o‘quv markazlarini boshqarishda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi;

marketing va ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi (ingliz tilini bilish ustunlik beradi).

Ish shartlari:

ish muddati 3 (uch) oy (kelgusida zarurat tug‘ilgan taqdirda, nomzod mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin);

ish vaqti haftasiga 5 ish kuni, kuniga 8 soat (40 soatlik ish haftasi);

ish haqi: qat’iy belgilangan oylik maosh + jalb qilingan tinglovchilar soniga qarab bonus ustamalar (summa suhbat davomida kelishiladi).

Nomzodlar quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari lozim:

tashabbuskorlik va jamoa bilan samarali ishlash qobiliyati;

mustaqil fikrlash va tashkilotchilik ko‘nikmalari;

mas’uliyatlilik hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va aniq bajarish intizomi.

Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

nomzodning shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID-karta);

ish va o‘qish faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (rezyume yoki obyektivka);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

mehnat daftarchasidan ko‘chirma (mavjud bo‘lgan taqdirda, mygov.uz portali orqali);

STIR to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 5-mart (shu kuni ham qabul qilinadi).

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: eski «Zenit» zavodi).

Tel.: 71-202-04-96 ; 94-799-66-33.