O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzurida tashkil etilayotgan tayyorlov kurslarida nomzodlar va ularning vakillari bilan ishlash, hujjatlarni qabul qilish va yuritish, tinglovchilar ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda o‘quv jarayonini tashkiliy jihatdan ta’minlash maqsadida ma’muriy ishlarni bajaradigan mutaxassisni jalb etish zarurati mavjud.
Tanlov talablariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, ma’qullangan taqdirda, nomzod bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.
Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
kurslarda o‘qish uchun nomzodlar va ularning vakillariga qabul tartibi hamda boshqa zarur ma’lumotlarni taqdim etish, tavsiya va maslahatlar berish;
nomzodlardan hujjatlarni qabul qilib olish, ularni ro‘yxatga kiritish va o‘quv guruhlarini shakllantirish;
tinglovchilar bilan shartnomalar tuzish jarayonini tashkil etish va to‘lov intizomini nazorat qilib borish;
tinglovchilarning ma’lumotlar bazasini yuritish va davomatni qat’iy nazorat qilish;
o‘quv xonalarining mashg‘ulotlarga tayyorligini ta’minlash va dars jadvalidagi o‘zgarishlar haqida tinglovchilar hamda o‘qituvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish;
Akademiya rahbariyati va kurs boshqaruvchisining tashkiliy topshiriqlarini bajarish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
mijozlar bilan ishlash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi ma’qullanadi;
kompyuter va ofis dasturlarida (Word, Excel) erkin ishlay olishi;
muloqot uchun o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishi;
tinglovchilar va ularning ota-onalariga oid shaxsiy ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlay olishi.
Ish shartlari:
ish muddati 3 (uch) oy (kelgusida zarurat tug‘ilgan taqdirda, nomzod mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin);
ish vaqti haftasiga 5 ish kuni, kuniga 8 soat (40 soatlik ish haftasi);
ish haqi: qat’iy belgilangan oylik maosh (summa suhbat davomida kelishiladi).
Nomzodlar quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari lozim:
xushmuomalalik, kirishimlilik va stressga chidamlilik;
tashabbuskorlik va jamoa bilan samarali ishlash qobiliyati;
mas’uliyatlilik hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va aniq bajarish intizomi.
Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
nomzodning shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID-karta);
ish va o‘qish faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (rezyume yoki obyektivka);
ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
mehnat daftarchasidan ko‘chirma (mavjud bo‘lgan taqdirda, mygov.uz portali orqali);
STIR to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 5-mart (shu kuni ham qabul qilinadi).
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: eski «Zenit» zavodi).
Tel.: 71-202-04-96 ; 94-799-66-33.