Akademiya xodimining ilmiy ishlanmasi xalqaro tanlovda e’tirof etildi

Akademiya xodimining ilmiy ishlanmasi xalqaro tanlovda e’tirof etildi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Nijegorod akademiyasi tomonidan «Rossiya Federatsiyasi va MDH ishtirokchi davlatlarida milliy xavfsizlikni ta’minlashda ichki ishlar organlari faoliyati» mavzusida xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda Rossiya IIV ta’lim va ilmiy muassasalarining ilmiy-pedagogik xodimlari, shuningdek MDH ishtirokchi davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari ishtirok etdi.

Tanlov ilmiy ishlanmalarning nazariy va metodik darajasini oshirish, tadqiqot natijalarini ommalashtirish, ilmiy faollikni rag‘batlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, «Shaxs, jamiyat va davlat milliy xavfsizligini huquqiy ta’minlash» nominatsiyasida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori Lyudmila Yurevna Yugay tomonidan tayyorlangan «Jinoyatlarni ochish va tergov qilishda biometrik identifikatsiya usullaridan foydalanish» nomli o‘quv qo‘llanma III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bunday xalqaro tanlovlarda ishtirok etish va yuqori natijalarga erishish O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ilmiy-tadqiqot salohiyati yuqori darajada ekanini tasdiqlaydi, kasbiy va ilmiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi hamda Akademiyaning xalqaro ilmiy-ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

Telegram Facebook