Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda loyiha boshqaruvi sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassisning vazifalari:
Loyiha boshqaruvi sohasidagi mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
Akademiya rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha akademiyada loyihalar bilan ishlash bo‘yicha shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar-rejasiga muvofiq, quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish;
Akademiyaning markaz, boshqarma, bo‘lim, kafedra, fakultetlari (keyingi o‘rinlarda – tarkibiy tuzilmalari) ishtirokida mavjud yangi loyihalar uchun tegishli takliflarni ishlab chiqish;
Akademiyada ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar va ular bo‘yicha takliflarni Akademiya tarkibiy tuzilmalari bilan muhokama qilish va ma’qullash uchun Akademiya rahbariyatiga kiritish;
loyiha pasportini ishlab chiqish (SMART/SWOT tahlil/maqsad) bo‘yicha bir kunlik trening dasturini ishlab chiqish va uni Akademiya xodimlari uchun o‘tkazish;
Akademiyaning manfaatdor tarkibiy tuzilmalari uchun bazaviy rejalarsiz loyiha pasportlarini yozib berish;
Akademiya xodimlari uchun loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni bajarishning iyerarxik tuzilmasi (ISR) va kalendar rejalarni tuzish bo‘yicha qisqa muddatli trening o‘tkazish;
Akademiyaning manfaatdor tarkibiy tuzilmalari uchun ishlarni bajarishning iyerarxik tuzilmasi va kalendar rejalarni ishlab chiqish (konsultatsiyalar o‘tkazish);
Akademiya tarkibiy tuzilmalari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimotini o‘tkazish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Loyiha boshqaruvi sohasida tegishli hujjat (sertifikat);
Loyiha boshqaruvi sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;
O‘zbek, ingliz, rus tillarini yaxshi bilish.
Bajariladigan ish muddati: 2 (ikki) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.
To‘lov miqdori: taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,
Ish vaqti: 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 2026-yil 15-aprel kuniga qadar (shu kuni ham).
Telefon: + 998 93 502 00 21