Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda talabalarni futbol sport turi bo‘yicha shug‘ullantiruvchi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassisning vazifalari:
Akademiya talabalari uchun futbol bo‘yicha rejali mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
Mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlikni ta’minlash;
Talabalarning futbol mahoratini bosqichma-bosqich rivojlantirish;
Individual va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini shakllantirish;
Iste’dodli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
Akademiya jamoasini musobaqalarga tayyorlash;
Talabalar o‘rtasida sport etikasi, jamoaviylik va intizomni shakllantirish;
Mashg‘ulotlar vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
Jarohatlarning oldini olish va tibbiy nazoratni ta’minlash;
Talabalarning jismoniy holatini doimiy kuzatib borish;
Mashg‘ulotlar va musobaqalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlab, Akademiya rahbariyatga belgilangan tartibda axborot taqdim etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot va kamida 3-yillik amaliy tajriba (futbol ixtisosligi ustuvor hisoblanadi);
Futbol sport turi bo‘yicha murabbiylik sertifikati hamda malaka toifasi mavjud bo‘lishi lozim.
Bajariladigan ish muddati: 3 (uch) oyga belgilangan.
To‘lov miqdori: taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: zamonaviy mashg‘ulot metodikalari va innovatsion usullarni qo‘llay olish, jamoa bilan hamnafas ishlash, talabalar bilan ishlash qobiliyati, mas’uliyatli va intizomli bo‘lish.
Ish vaqti: 2 soatlik, haftasiga 3 kunlik ish rejimini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 2026-yil 15-aprel kuniga qadar (shu kuni ham).
Telefon: + 998 90 918-15-04