O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan ilmiy nashrlar sifatini xalqaro darajaga olib chiqish, jumladan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Anti-Corruption Studies and Research ilmiy jurnalini SCOPUS bazasi talablari asosida tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis ekspertlarni vaqtinchalik asosda jalb qilish rejalashtirilgan.
Mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassisning vazifalari
Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Anti-Corruption Studies and Research ilmiy jurnalini SCOPUS bazasiga tayyorlash va 2026 yilgi nashr jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish.
2. Anti-Corruption Studies and Research ilmiy jurnali uchun maqolalar qabul qilish, taqrizdan o‘tkazish va nashrga tayyorlash.
Maqolalar qabul qilish bo‘yicha (Call for Papers )e’lon qilish.
Ochiq jurnal tizimlari (Open Journal Systems) platformasi orqali maqolalarni qabul qilish..
Plagiatni aniqlash tizimi (StrikePlagiarism) orqali tekshirish.
Ikki tomonlama yashirin taqriz (Double-blind peer review) jarayonini tashkil etish.
Maqolalarni tahrir qilish va sahifalash.
Raqamli obyekt identifikatori (DOI) berish va jurnalni e’lon qilish.
LinkedIn sahifasi orqali rasmiy xabar berish.
3. Anti-Corruption Studies and Research ilmiy jurnal sifatini oshirish va SCOPUS talablariga muvofiqlashtirish:
Har chorakda tahririyat yig‘ilishlari.
Open Journal Systems (Ochiq jurnal tizimlari) platformasi orqali metama’lumotlarini tekshirish.
ORCID (mualliflarning xalqaro identifikatsiya raqami) tizimi integratsiyasini nazorat qilish.
Xalqaro tahririyat bilan onlayn uchrashuvlar.
SCOPUS talablari asosida hujjatlar tayyorlash.
4. Jurnalning axborot siyosati va ilmiy targ‘ibotini kuchaytirish:
Har oy LinkedIn sahifasida kamida 2 ta post joylashtirish.
PR materiallar tayyorlash.
Mualliflar uchun onlayn vebinarlar tashkil etish.
Jurnal ilmiy faoliyatini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
SCOPUS xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari bilan kamida 5-yillik ish tajribasi.
Axborot texnologiyalari sohasida kamida 2-yillik ish tajribasi.
OJS platformasi bilan ishlash ko‘nikmasi.
Ilmiy jurnallar bilan ishlash tajribasi.
O‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi.
Bajariladigan ish muddati:
Bajariladigan ish muddati 3 oyni tashkil qiladi. Shartnoma muddati keyinchalik zaruratga ko‘ra tomonlar roziligi bilan uzaytirilishi mumkin.
To‘lov miqdori taraflar kelishuvi asosida belgilanadi va bajarilgan ish natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ish vaqti haftasiga 40 soatni tashkil qiladi.
Hujjatlar ro‘yxati:
Talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasport yoki ID karta
obyektivka (qisqacha tarjimayi hol)
diplom va uning ilovasi
mehnat daftarchasi nusxasi
STIR ma’lumotnomasi
Tanlov tartibi:
Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng, zaruratga ko‘ra nomzodlar bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 23-aprelgacha.
Telefon: (71) 202-04-96 (1752)