Akademiya rejali asosda tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari uchun amaliy o‘quv kontentini tayyorlash bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya rejali asosda tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari uchun amaliy o‘quv kontentini tayyorlash bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, bank-moliya, soliq sohasida iqtisodiy jinoyatlar sodir etilishining yangi sxema va kanallarini o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish sohasida prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malkasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etiladigan o‘quv kurslari uchun amaliy o‘quv-kontentini tayyorlash bo‘yicha vaqtinchalik asosda mutaxassis jalb qilish zarurati mavjud.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

sodir etilayotgan moliyaviy firibgarliklar, soliqdan qochishning “aqlli” sxemalari, umumbelgilangan soliq rejimida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Akademiyada rejali asosda tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quv kurslari uchun amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv-kontentini tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;

savdo, sanoat, ishlab chiqarish, qurilish-pudrat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi sohalarida sodir etilayotgan soliqdan qochishning “aqlli” sxemalari, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda-QQS), foyda solig‘i va boshqa soliq turlaridan bo‘yin tovlash sxemalarini yoritishga doir o‘quv kontenti, kazuslar, testlar va o‘quv-amaliy qo‘llanmalar tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;

korxonalarda eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida sodir etilayotgan soliqdan qochishning “aqlli” sxemalari, jumladan  QQS, foyda solig‘i va boshqa soliq bazalarini yashirishga oid o‘quv dasturiy kontent tayyorlash, ushbu sohaga oid kazuslar, testlar va amaliy qo‘llanmalarni tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;

chet el korxonalari, doimiy muassasalar va vakolatxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan soliqdan qochishning aqlli sxemalari, transfert narxlardagi soliq nazorati yoritishga oid o‘quv dasturiy kontent tayyorlash, ushbu sohaga oid kazuslar, testlar va amaliy qo‘llanmalarni tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;

QQS, foyda solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqa soliq turlari bo‘yicha imtiyozlardan qonunga zid ravishda foydalanishga oid o‘quv dasturiy kontent tayyorlash, kazuslar, testlar va amaliy qo‘llanmalarni tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;

Nomzodga qo‘yiladigan talablar: iqtisodiyot yoki yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga (PhD yoki Dostor of Ssiense) yoki soliq-moliya sohasida kamida 10-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

o‘quv kontentlarini tayyorlash yoki malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etishda kamida 6 oylik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

o‘zbek va rus tillarini mukammal darajada bilishi lozim.

Bajariladigan ish muddati: 3 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, shartnoma muddati uzaytirilishi mumkin.

To‘lov miqdori: shu ishlar bo‘yicha amaldagi bozor konyunkturasidan kelib chiqib, taraflar kelishuvi asosida belgilanadi va mutaxassisga bajargan ishining natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

Ish vaqti: haftasiga jami 16 soat (2 kunlik) erkin ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya (Departament) mas’ul kafedrasiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlarni (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasi va ilmiy daraja diplomi) taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirishning eng oxirgi muddati 2026-yil 30-aprelgacha (shu kuni ham).

Telegram Facebook