Raqamli tahdidlar sharoitida tergov sifatini oshirish: Navoiy viloyatida amaliy seminar o‘tkazildi

Raqamli tahdidlar sharoitida tergov sifatini oshirish: Navoiy viloyatida amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan, xususan tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar ijrosi doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Akademiya xodimlari tomonidan Navoiy viloyati prokuratura organlari hamda ichki ishlar organlari tergovchilari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish, kiberjinoyatlarni fosh etishda tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash, raqamli muhitda dalillar zanjirini buzmasdan ma’lumotlarni to‘plash va rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, elektron qurilmalar, onlayn platformalar va raqamli izlar bilan ishlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim protsessual va kriminalistik jihatlar muhokama qilindi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar amaliy faoliyatda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, tergov harakatlarini sifatli tashkil etish, raqamli dalillar bilan ishlash va kiberjinoyatlarni samarali fosh etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur seminar tergov faoliyatida zamonaviy raqamli tahdidlarga mos yondashuvlarni shakllantirish, tergovchilarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda tergov sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook