Abituriyentlar diqqatiga!

Abituriyentlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, dastlabki tanlovdan o‘tib, maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi ilovalarda e’lon qilinadi:

2026-yil 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zlari tanlagan hududdagi imtihon o‘tkazish manziliga 2026-yil 6-iyun kuni soat 13:30 ga qadar pasport yoki ID-karta bilan yetib kelishlari lozim. Bunda nomzodlar my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali sinov o‘tkaziladigan auditoriya va joy haqidagi ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Imtihon o‘tkaziladigan manzillar 3-ilovaga muvofiq keltirilgan.

Telegram Facebook