O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida mustaqil izlanuvchi Kenjayev Timur Isomovichning 12.00.12 – «Korrupsiya muammolari» (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya tadqiqotining kafedralararo muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot «Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: nazariy va amaliy jihatlar» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda huquq ijodkorligi jarayonida korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
Muhokama davomida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqildi, shuningdek, dissertatsiya ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Kafedralararo muhokama yakunlariga ko‘ra dissertatsiya tadqiqoti ijobiy baholandi hamda uni belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish to‘g‘risida yakdil qaror qabul qilindi.