Magistratura ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert-maslahatchi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Magistratura ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert-maslahatchi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan ekspert-maslahatchini vaqtinchalik asosda jalb qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilib, nomzod ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Asosiy vazifalar:

– xalqaro akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishda ekspert, tahliliy va metodik ko‘mak ko‘rsatish;

– xalqaro akkreditatsiya standartlari, mezonlari va tegishli metodologik hujjatlarni tahlil qilish hamda ularni ta’lim dasturiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– ta’lim dasturining xalqaro akkreditatsiya talablariga muvofiqligini baholash, mavjud holatni tahlil qilish va takomillashtirish talab etiladigan yo‘nalishlarni aniqlash;

– o‘zini o‘zi baholash hisobotini tayyorlash va takomillashtirishda ekspert yordamini ko‘rsatish;

– akkreditatsiya jarayoni uchun zarur hujjatlar bazasini shakllantirish, tizimlashtirish va tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

– aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ko‘maklashish;

– jarayonga jalb etilgan xodimlarning vazifalari yuzasidan tavsiyalar berish;

– xalqaro agentliklar bilan o‘zaro hamkorlik va yozishmalar loyihalarini ko‘rib chiqish, tashkiliy masalalar bo‘yicha maslahatlar berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

– oliy ta’lim sohasida kamida 10-yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

– xalqaro oliy ta’lim muassasalarida akademik, ma’muriy yoki rahbarlik lavozimlarida ishlagan bo‘lish;

– ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va sifatni ta’minlash sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lish;

– tashqi baholash, akkreditatsiya yoki ta’lim dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etgan bo‘lish;

– o‘zini o‘zi baholash hisobotlarini tayyorlash, hujjatlar bazasini shakllantirish va ta’lim dasturlarini tashqi baholashga tayyorlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;

– ta’lim dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish va takomillashtirish, ta’lim natijalari hamda baholash strategiyalarini shakllantirish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;

– pedagogika, ta’lim yoki turdosh sohalar bo‘yicha PhD va (yoki) DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lish;

– rus va ingliz tillarini mukammal bilish;

– tahliliy fikrlash, akademik yozish va jamoada samarali ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Ish muddati:3 oy. Zarur hollarda shartnoma muddati uzaytirilishi mumkin.

Ish rejimi: haftasiga 3 kun, aralash (oflayn/onlayn) shaklda.

Mehnatga haq to‘lash: bajarilgan ishlar natijalariga ko‘ra, taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.

Hujjatlar ro‘yxati:

– shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

– obyektivka;

– oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

– mehnat daftarchasi nusxasi;

– STIR va PINFL ma’lumotlari.

Hujjatlar Akademiya Magistratura fakultetiga shaxsan taqdim etiladi. Zaruratga ko‘ra nomzodlar bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlar 2026-yil 2-iyulga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun:+998 71 202-04-96 (ichki raqam 1716).

Telegram Facebook