Xalqaro tajribadan barqaror natijalar sari: Akademiya taklif etilgan professori akademik dasturi

Xalqaro tajribadan barqaror natijalar sari: Akademiya taklif etilgan professori akademik dasturi

Huquqni muhofaza-qilish akademiyasida taklif etilgan professor, AQSHning Fulbrayt dasturi mutaxassisi, kriminologiya sohasidagi taniqli olim Lienn Alarid ishtirokida may–iyun oylarida amalga oshirilgan akademik dastur ta’lim mazmunini boyitish, raqamli o‘quv resurslarini takomillashtirish va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

Dastur doirasida professor bakalavriat talabalari va magistratura tinglovchilari uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari hamda ilmiy-akademik muloqotlar o‘tkazdi. «Theories of Crime» mavzusida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini izohlovchi zamonaviy kriminologik nazariyalar, «Domestic Abuse» mavzusida esa oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va uni kriminologik tahlil qilish masalalari keng yoritildi.

Mashg‘ulotlarda jinoyatchilikni ilmiy tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari, kriminologik nazariyalarni amaliyot bilan bog‘lash hamda ta’lim oluvchilarning tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Professor Lienn Alarid 21–22 may kunlari Akademiyada o‘tkazilgan “TASHKENT CYBERLEX – 2026” xalqaro ilmiy-amaliy forumida ham ishtirok etib, “Kiberjinoyatchilik nazariyasi” mavzusida taqdimot qildi.

Akademik dasturning muhim yo‘nalishlaridan biri raqamli ta’lim resurslarini rivojlantirish bo‘ldi. Professorning ekspertlik ko‘magi-asosida-«Theories of Crime» va «Police Responses to Family/Domestic Violence» mavzulari bo‘yicha masofaviy o‘quv kurslarini yaratish va takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. Ularning mazmuni ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan boyitildi.

Shuningdek, professor tomonidan kriminologiya, viktimologiya, jinoyatchilik nazariyalari hamda oilaviy zo‘ravonlik muammolariga oid ilmiy adabiyotlar Akademiya Axborot-resurs markaziga taqdim etildi. Ushbu manbalar professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ta’lim oluvchilar uchun muhim ilmiy resurs bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur akademik dasturning natijalari endi Akademiyaning o‘quv kurslari, raqamli ta’lim muhiti va ilmiy resurslarida davom etadi. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi yetakchi xorijiy olimlar va amaliyotchilarni ta’lim hamda ilmiy jarayonlarga tizimli jalb etish orqali ilg‘or xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda

Telegram Facebook