Farovon oila – barqaror jamiyat tayanchi

Farovon oila – barqaror jamiyat tayanchi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda farovon oila va xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i X.Saydivaliyeva ishtirok etdi.

Muloqotda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi, kasbiy hamda intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Shuningdek, farovon oilani shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati hamda bu borada prokuratura organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy mas’uliyati xususida fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilarning oila va xotin-qizlar masalalariga doir islohotlar mazmunini chuqurroq anglashiga, milliy qadriyatlarga hurmat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram Facebook