Tergovchilar uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi

Tergovchilar uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining hududiy tuzilmalariga yangi tayinlangan tergovchilar uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga diplomlar topshirildi.

O‘quv dasturi tergovchilarning mustaqil protsessual qarorlar qabul qilish, dalillar bilan ishlash, tergov harakatlarini rejalashtirish va o‘tkazish, shuningdek, zamonaviy tergov metodikasi hamda taktikasini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Kurs davomida tinglovchilar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini qo‘llash, dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, inson huquq va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar.

Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali amaliyotchi xodimlari ishtirokida amaliy keyslar va protsessual vaziyatlar tahlili asosida tashkil etildi.

Kurs tergovchilarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni mas’uliyatli va samarali xizmat faoliyatiga tayyorlashga xizmat qildi.

Telegram Facebook