“PreAcademy” tayyorlov kurslari uchun marketing bo‘yicha mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qilinadi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

“PreAcademy” tayyorlov kurslari uchun marketing bo‘yicha mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qilinadi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “PreAcademy” tayyorlov kurslarini targ‘ib qilish va rivojlantirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha malakali marketing mutaxassisini vaqtinchalik asosda jalb qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganilib, nomzod ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Asosiy vazifalar:

– “PreAcademy” tayyorlov kurslari doirasida kompleks marketing tadbirlarini rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirish;

– reklama maqsadlari uchun foto va video suratga olish jarayonlarini tashkil etish, video va audiomateriallarni tayyorlash hamda tahrir qilish;

– barcha dolzarb raqamli platformalarda kontentni joylashtirish va kross-postingni amalga oshirish;

– “PreAcademy”loyihasining ijtimoiy tarmoqlarini kompleks yuritish (SMM);

– targetlangan reklama kampaniyalarini sozlash, yuritish va samaradorligini tahlil qilish hamda optimallashtirish;

– ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va obunachilari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fikr-mulohazalar va murojaatlarga javob berish;

– ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish va sotishning samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

– sotuv voronkalarini shakllantirish, tahlil qilish va takomillashtirish;

– “PreAcademy”tayyorlov kurslarining ijobiy imiji va brend taniluvchanligini oshirishga qaratilgan marketing tadbirlarini amalga oshirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

– marketing, raqamli marketing yoki SMM sohasida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;

– targetlangan reklama, marketing tahlili va vizual kontent yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

– ta’lim xizmatlari yoki EdTech sohasida mahsulotlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;

– kreativ fikrlash, tahliliy yondashuv, shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish.

Ish muddati: shartnoma asosida vaqtinchalik. Zarur hollarda shartnoma muddati uzaytirilishi mumkin.

Ish rejimi: 8 soatlik ish kuni, haftasiga 5 kun.

Mehnatga haq to‘lash: suhbat natijalari hamda bajarilgan ishlar natijalariga ko‘ra, taraflar kelishuvi asosida belgilanadi.

Hujjatlar ro‘yxati:

– shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

– obyektivka;

– oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

– mavjud bo‘lgan taqdirda sertifikatlar;

– mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);

– STIR va PINFL ma’lumotlari.

Hujjatlar Akademiyaga shaxsan yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar dastlabki tartibda o‘rganilib, zaruratga ko‘ra nomzodlar bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlar 2026-yil 5-iyulga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Telefon: +998 94 799 66 33

Elektron pochta: murodabdurasidov@gmail.com

Telegram Facebook