Bank sohasida komplayens-nazorat va moliyaviy xavfsizlik

Bank sohasida komplayens-nazorat va moliyaviy xavfsizlik

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi AT «Aloqabank» xodimlari uchun korrupsiyaga, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ikki kunlik o‘quv seminarini o‘tkazdi.

O‘quv davomida milliy qonunchilik va FATF standartlari talablari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mijozlarni lozim darajada tekshirish, maqsadli moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash hamda shubhali operatsiyalarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Moliyaviy monitoring, komplayens-xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni takomillashtirishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bank amaliyotidan olingan misollar asosida ishtirokchilar xatarlarni aniqlash va nazorat tartib-taomillari samaradorligini oshirish usullarini ko‘rib chiqdilar.

Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari olib bordilar.

O‘quv yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining sertifikatlari topshirildi.

Telegram Facebook