Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassis lavozimiga tanlov e'lon qilinadi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassis lavozimiga tanlov e'lon qilinadi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi raqamli kriminalistika sohasida tajriba-konstruktorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish uchun tanlov e'lon qiladi.

Mutaxassisning majburiyatlari:

Akademiya rahbariyatining topshirigiga asosan raqamli kriminalistika sohasida tajriba-konstruktorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar rejasiga muvofiq raqamli dalillarni aniqlash, qayd etish, olib qoyish, saqlash, tiklash va tadqiq qilishga moljallangan dasturiy hamda texnik vositalarni ishlab chiqish;

tajriba-konstruktorlik ishlariga oid texnik topshiriqlar, loyiha-konstruktorlik hujjatlari, texnik tavsiflar, sinov dasturlari, yoriqnomalar va hisobotlarni tayyorlash;

amalga oshirilgan ishlar boyicha texnik topshiriqlar, loyiha-konstruktorlik hujjatlari, yoriqnomalar va hisobotlarni tayyorlash, shuningdek, ishlab chiqilgan yechimlarni Akademiya faoliyatiga joriy etish boyicha takliflar kiritish.

Nomzodga qoyiladigan talablar:

mutaxassislik boyicha malakasini tasdiqlovchi hujjatlardiplom, sertifikat yoki boshqa tegishli hujjatlarga ega bolish;

raqamli kriminalistika, axborot texnologiyalari, dasturiy-apparat vositalari yoki tajriba-konstruktorlik ishlari sohasida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bolish;

kompyuter qurilmalari, ma'lumot tashuvchilari, operatsion tizimlar, tarmoq texnologiyalari va axborot xavfsizligi asoslarini bilish;

– o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish. Ingliz tilini bilish nomzod uchun ustunlik beradi.

Mazkur ish 6 (olti) oy muddatga belgilangan bo‘lib, keyinchalik Akademiya ehtiyojidan va mutaxassis faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda shartnoma muddati uzaytirilishi yoki belgilangan tartibda Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Qo‘shimcha talablar: tashabbuskorlik, mas'uliyatlilik, texnik va tahliliy fikrlash qobiliyati, jamoada ishlay olish, yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish hamda berilgan topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish.

Ish vaqti: haftasiga 5 kunlik ish rejimida 40 soatni tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar — shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom, sertifikat, mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma, JShShIR ma'lumotnomasi, mavjud malaka sertifikatlari hamda amalga oshirgan loyihalari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng, zaruratga ko‘ra, nomzod bilan komissiya tarkibida suhbat va uning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini baholash jarayoni o‘tkaziladi.

Hujjatlar 2026 yil 24 iyulga qadar qabul qilinadi.

Telefon: 71 202-04-96 (1977)

Telegram Facebook