O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring sohasidagi mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring sohasidagi mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–204-son Farmoni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberhuquq” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etilganligi munosabati bilan axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring sohasidagi mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish zarurati mavjud.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan va talabgor tanlovdan o‘tgan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

“Kiberxavfsizlik asoslari” va “Axborot texnologiyalari asoslari” kabi texnik yo‘nalishdagi modullarni o‘quv jarayoniga joriy etish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik hamda dasturiy ta’minotni tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar uchun axborot-texnologik infratuzilmani yaratish va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur modullar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tarkibiga texnik-ekspert ko‘magini ko‘rsatish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

– kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi yoki raqamli huquq sohasida tegishli hujjatga (tegishli namunadagi sertifikatga) ega bo‘lish;

– dasturiy ta’minot ishlab chiqish yoki axborot texnologiyalari sohasida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

– o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilish.

Bajariladigan ish muddati:

Mazkur ish muddati 2 (ikki) oyni tashkil etadi (zaruratga ko‘ra, shartnoma muddati taraflar kelishuvi bilan qo‘shimcha kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin).

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar:

Tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish.

Ish vaqti:

Haftasiga 40 soatni tashkil qiladi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasi)ni taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, talabgor bilan tanlov komissiyasi tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 24-iyulga qadar.

Telefon: (71) 202-04-96 (1947)

Telegram Facebook