Prokuratura organlari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash: bilim va kompetensiyalarni yakuniy baholash

Prokuratura organlari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash: bilim va kompetensiyalarni yakuniy baholash

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlarida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun yakuniy nazorat o‘tkazildi. Unda tinglovchilarning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasi, kurs davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari, shuningdek, rahbarlik faoliyati uchun zarur kasbiy kompetensiyalari baholandi.

O‘quv jarayonining yakuniy bosqichida tinglovchilar bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi. Himoya davomida ularning tanlangan mavzular bo‘yicha nazariy tayyorgarligi, masalaga amaliy yondashuvi, mustaqil tahlil qilish hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan asoslangan yechimlar taklif etish qobiliyati ko‘rib chiqildi.

Akademiyada rahbar kadrlarni qayta tayyorlash jarayoni ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini shakllantirish asosida tashkil etilgan. Yakuniy nazorat va malakaviy ishlar himoyasi tinglovchilar erishgan natijalarni kompleks baholash hamda ularning kelgusi rahbarlik faoliyatiga tayyorgarlik darajasini aniqlash imkonini berdi.

Telegram Facebook