Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash: zamonaviy boshqaruv va amaliy yondashuvlar

Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash: zamonaviy boshqaruv va amaliy yondashuvlar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlari rahbar kadrlarini kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi. Tinglovchilar yakuniy imtihondan o‘tib, kasbiy faoliyatning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi.

O‘quv dasturi samarali boshqaruv, ishni oqilona tashkil etish, asoslangan qarorlar qabul qilish va kasbiy vazifalarni tizimli hal etish uchun zarur kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratildi. Ta’lim jarayoni nazariy tayyorgarlikni prokuratura organlari amaliyoti bilan uzviy bog‘lash asosida tashkil etildi.

Yakuniy bosqichda tinglovchilarning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasi, nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda rahbarlik faoliyati uchun zarur kasbiy kompetensiyalari kompleks baholandi. Bitiruv malakaviy ishlari himoyasida kasbiy sohadagi muammolarni mustaqil tahlil qilish, amaliy yondashuvlarni asoslash va samarali yechimlar taklif etish qobiliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga kasbiy qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Kursda egallangan bilim va ko‘nikmalar prokuratura organlarida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, rahbarlik faoliyati samaradorligini oshirish va xizmat vazifalarini yuksak mas’uliyat bilan bajarishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook