Energiya resurslari yo‘qotishlariga qarshi raqamli yechimlar

Energiya resurslari yo‘qotishlariga qarshi raqamli yechimlar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida elektr energiyasi va gazning texnik hamda tijorat yo‘qotishlarini tahlil qilish, ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash va prognozlashda sun’iy intellektni qo‘llashga bag‘ishlangan ekspert muhokamasi o‘tkazildi.

«Elektr energiyasi va gaz yo‘qotishlari hamda ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini sun’iy intellekt asosida tahlil qilish» mavzusida o‘tkazilgan ekspert muhokamasida texnik va tijorat yo‘qotishlarining sabablari, ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlar hamda mavjud nazorat mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.

Mutaxassislar sohadagi axborot tizimlari, elektr energiyasi va gazni hisobga olish mexanizmlari, mavjud ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash hamda yo‘qotishlarni aniqlash amaliyoti yuzasidan fikr almashdilar. Raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga samarali joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash va prognoz qilish mexanizmlarini ishlab chiqish, nazorat hamda hisobga olish tizimlarining samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ekspert muhokamasi natijalari energiya resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish, noqonuniy foydalanish va talon-toroj holatlarining oldini olish, shuningdek, sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘ladi.

Telegram Facebook