“Mahalla yettiligi” uchun kiber gigiyena: kiber tahdidlar va kiberbullingdan himoyalanish ko‘nikmalari
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

“Mahalla yettiligi” uchun kiber gigiyena: kiber tahdidlar va kiberbullingdan himoyalanish ko‘nikmalari

Ozbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Toshkent shahri, Toshkent va Jizzax viloyatlarimahalla yettiligiazolari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish oquv kurslari doirasida aholi ortasida kiber gigiyena qoidalariga amal qilish va kiber tahdidlardan himoyalanish masalalariga bagishlangan mashgulotlar otkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy kiber tahdidlarning asosiy turlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalar va xabarlarni aniqlash, ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kiberbulling — ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli platformalar orqali shaxsga nisbatan tajovuz qilish, qo‘rqitish, haqoratlash va kamsitish kabi xatti-harakatlarda namoyon bo‘luvchi huquqbuzarlikning yangi ko‘rinishi sifatida alohida muhokama qilindi. Bunday holatlarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida raqamli xavfsizlik madaniyatini oshirishda “mahalla yettiligi”ning o‘rni va vazifalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari mahallalarda kiberxavfsizlik bo‘yicha profilaktik va ta’sirchan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarning kiber tahdidlarga nisbatan xabardorligi va himoyalanish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook