Uchrashuvda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, shuningdek, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari hamda samarali vositalari yuzasidan fikr almashdilar.
Anti-Bribery Committee Japan (ABCJ) mustaqil ekspertlar birlashmasi sifatida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, korporativ antikorrupsiya tizimlarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik sharoitida biznes subyektlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.
Anti-Bribery Committee Japan delegatsiyasi vakillariga Huquqni muhofaza qilish akademiyasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, jumladan, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy madaniyatini oshirish, komplayens tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasining faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.