BMT ekspertlari ishtirokida bank xodimlari uchun moliyaviy monitoring va komplaens bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazildi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

BMT ekspertlari ishtirokida bank xodimlari uchun moliyaviy monitoring va komplaens bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazildi

2026-yil 21–22-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Markaziy bank bilan hamkorlikda ATB «Mikrokreditbank»ning ichki nazorat va komplaens xizmati xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi doirasida ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda Akademiya professor-o‘qituvchilari, Markaziy bank va Departament mutaxassislari jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish, moliyaviy monitoring va korrupsiyaga qarshi komplaens masalalarini yoritdi. Milliy qonunchilik talablari va FATF tavsiyalari, moliyaviy xavflarni baholash, mijozlarni lozim darajada tekshirish, sanksiyaviy cheklovlarga rioya etish hamda shubhali operatsiyalarni aniqlash amaliy misollar asosida ko‘rib chiqildi.

O‘quv kursida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ekspertlari ham ishtirok etdi. Ular droplardan foydalanib jinoiy daromadlarni legallashtirish usullari va ularning firibgarlik sxemalaridagi o‘rni, shuningdek, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalari asosida korrupsiyaga qarshi komplaensni tashkil etish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Ishtirokchilar bank amaliyotidagi tizimli muammolar va ularning yechimlarini muhokama qildi. O‘quv kursi xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, tavakkalchilikka asoslangan yondashuvni takomillashtirish hamda jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratildi.

Telegram Facebook