Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotgan tayanch doktorantlar va doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari joriy holati, shaxsiy ish rejalari ijrosi, ilmiy izlanishlar natijadorligi hamda dissertatsiya ishlarini tayyorlash jarayoni o‘rganildi.
Monitoring davomida ilmiy rahbarlar va tarmoq rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar tinglanib, har bir tadqiqotchining faoliyati baholandi. Mavjud vazifalar muhokama qilinib, keyingi davr uchun rejalar belgilab olindi.
Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF–257-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son va 2023-yil 6-apreldagi 143-son qarorlari hamda boshqa topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, shaxsiy ish rejalari ijrosini ta’minlash va ilmiy natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur monitoring Akademiyada ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.