Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Akademiyada “Go‘shtsiz dushanba” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash taklif etiladi.
Tashabbus doirasida haftada bir kun go‘sht iste’molidan voz kechib, o‘simlik asosidagi taomlarni tanlash orqali tabiiy resurslardan mas’uliyatli foydalanish va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga hissa qo‘shish mumkin.
Mazkur yondashuv xalqaro amaliyotda sog‘lom ovqatlanish odatlarini qo‘llab-quvvatlash va oziq-ovqat tizimining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tashabbuslardan biri sifatida qo‘llanib kelinmoqda.
Har bir ongli tanlov – barqaror kelajakka qo‘shilgan hissadir.