Ilmiy tahlildan mahalladagi profilaktikaga: Akademiyaning Andijonda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlari
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Ilmiy tahlildan mahalladagi profilaktikaga: Akademiyaning Andijonda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati hamda Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Andijon viloyatvda kiberjinoyatlarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini ilmiy yondashuvlar asosida o‘rgandi.

Mazkur ishlar Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha kiberjinoyatlarning oldini barvaqt olish, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, tergov samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Aholini kiberjinoyatlarning yangi usul va sxemalaridan ogohlantirish, raqamli savodxonlikni oshirish hamda axborot muhitida xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish uchun tarqatma materiallar tayyorlandi.

Andijon shahrida mahalla yettiligi a’zolari va boshqa mas’ul tashkilotlar xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlarning sodir etilish usullari, fuqarolarni ulardan himoya qilish va profilaktika choralari tushuntirildi. Ishtirokchilarga aholini ogohlantirishga mo‘ljallangan tarqatma materiallar va videoroliklar taqdim etildi. Shuningdek, «APK Qo‘riqchi» mobil ilovasini aholi va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida keng joriy etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Andijon shahridagi «Do‘stlik» MFYda mahalla yettiligi a’zolari bilan alohida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. Ularning mobil qurilmalariga «APK Qo‘riqchi» ilovasi o‘rnatilib, undan foydalanish tartibi amaliy ko‘rsatib berildi.

Shu tariqa, Akademiyaning kiberjinoyatlar sabablarini o‘rganish bo‘yicha ishi aholini ogohlantirish va mahalla darajasidagi profilaktik tadbirlar bilan davom ettirildi.

Telegram Facebook