Akademiya Olmaliq mahallalarida manzilli profilaktika bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya Olmaliq mahallalarida manzilli profilaktika bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ishchi guruhi Toshkent viloyati Olmaliq shahrining Alisher Navoiy va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida kriminogen vaziyatni o‘rgandi. Huquqbuzarliklarning hududga xos xususiyatlari hamda jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi. Mazkur faoliyat Akademiyaning Olmaliq va Angren shaharlarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan kompleks ilmiy-amaliy ishlarining bir qismidir.

Ikki shaharda olib borilgan o‘rganishlar natijasida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda jinoyatchilikning oldini olish, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha manzilli ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Hozirda ushbu tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, profilaktika choralarining natijadorligini muntazam baholash va ularning huquqbuzarliklar holatiga ta’sirini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Akademiya mahallalarda profilaktika tizimini mustahkamlash maqsadida «mahalla yettiligi» a’zolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etmoqda. Ishchi guruh tahlillar asosida manzilli profilaktika tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berib bormoqda.

Telegram Facebook