Akademiya kutubxonasi: ta’lim va tadqiqotlar uchun yangi manbalar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya kutubxonasi: ta’lim va tadqiqotlar uchun yangi manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta’lim jarayoni va ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash uchun axborot-resurs bazasi tizimli ravishda rivojlantirilmoqda. Bu ishlarning muhim yo‘nalishi – kutubxona fondini huquqshunoslik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti hamda ijtimoiy-gumanitar va kasbiy tayyorgarlikka oid yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan muntazam boyitishdir.

Yangi huquqiy adabiyotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining huquqiy asoslari, tergov faoliyati, prokuror nazorati, kriminalistika, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, ma’muriy va oila huquqi yo‘nalishlarini qamrab oladi. Fondga yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishdagi tizimli muammolar va ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan nashrlar ham kiritilgan.

Ijtimoiy-gumanitar va kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishidagi adabiyotlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, sotsiologiya, kasbiy va nutq madaniyati, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalariga bag‘ishlangan. Ular huquqiy adabiyotlarni mazmunan to‘ldirib, ta’lim oluvchilarning dunyoqarashi, muloqot madaniyati va kasbiy bilimlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi nashrlar talabalar va tinglovchilarning mashg‘ulotlarga tayyorlanishi, o‘quv mavzularini mustaqil o‘zlashtirishi hamda tadqiqotchilarning ilmiy manbalarni tanlash va tahlil qilishi uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.

Telegram Facebook