Akademiya Olmaliq mahallalarida manzilli profilaktika bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya Olmaliq mahallalarida manzilli profilaktika bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ishchi guruhi Toshkent viloyati Olmaliq shahrining “Hamza” mahallasida kriminogen vaziyatni o‘rgandi. Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari A. Odinaev va professor-o‘qituvchilar ishtirokida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari, jinoyatchilik holatiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi.

O‘rganish Akademiyaning Olmaliq va Angren shaharlarida olib borayotgan kompleks ilmiy-amaliy ishlari doirasida o‘tkazildi. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarorida belgilangan mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish vazifalari ijrosiga qaratilgan.

Hamza mahallasidagi tahlil natijasida huquqbuzarliklarning o‘ziga xos xususiyatlari baholanib, aniqlangan omillarni hisobga olgan holda manzilli profilaktikani tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berildi.

Akademiya tomonidan Olmaliq va Angren shaharlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar hozirda amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda profilaktika ishlarining natijadorligi muntazam baholanib, ko‘rilayotgan choralarning hududlardagi huquqbuzarliklar holatiga ta’siri o‘rganilmoqda.

Shuningdek, mahallalarda profilaktika tizimini mustahkamlash maqsadida Akademiya tomonidan «mahalla yettiligi» a’zolari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Telegram Facebook