Akademiya va YEXHT: hamkorlik muloqoti davom etmoqda
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya va YEXHT: hamkorlik muloqoti davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Markaziy Osiyoda korrupsiyaga qarshi kurashish, xavfsizlik sektorini boshqarish va isloh qilish bo‘yicha loyihalarini amalga oshirishga mas’ul vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda mehmonlarga Akademiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va qo‘shma loyihalar natijalari taqdim etildi.

Mehmonlarga Akademiyaning tashkiliy tuzilmasi, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

YEXHT vakillari maxsus o‘quv xonalari va ilmiy laboratoriyalarda bo‘ldi. Ularga yuridik klinika, situatsion markaz, raqamli kriminalistika laboratoriyalari va Axborot-resurs markazi faoliyati, shuningdek, elektron ta’lim tizimi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasining imkoniyatlari namoyish etildi.

Tashrif dasturi doirasida mehmonlar hamkorlikning amaliy natijalari – YEXHT bilan birgalikda Akademiyada yaratilgan infratuzilma va ta’lim resurslari bilan ham tanishdi.

Telegram Facebook