Angrenda xavfsiz muhitni ta’minlashga ilmiy yondashuv
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Angrenda xavfsiz muhitni ta’minlashga ilmiy yondashuv

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari A. Odinaev hamda professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh 6-oktabr kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi «Bo‘ston» mahallasida kriminogen vaziyatni o‘rgandi. Asosiy e’tibor hududga xos xavf omillari, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarga qaratildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan Akademiya tomonidan Olmaliq va Angren shaharlarida olib borilayotgan kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasida o‘tkazildi. Mazkur ishlar mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan.

Ishchi guruh mahalladagi kriminogen omillar va huquqbuzarliklar dinamikasini tahlil qildi. O‘rganish natijalari asosida aniqlangan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda profilaktika choralarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan, manzilli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ushbu ishlar doirasida «mahalla yettiligi» a’zolarining malakasini oshirish uchun amaliy o‘quv-seminarlar ham tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish va ko‘rilayotgan profilaktika choralarining natijadorligini baholab borish choralari ko‘rilmoqda.

Telegram Facebook